8 Aprel 2021 yil 380

O‘g‘irlik qilishga ulgurmagan fuqaroning shaxsiga oydinlik kiritildi.

Joriy yil 3 aprel' kuni, Namangan shahrida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 12 mart kuni soat 16:00 dan soat 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, hovlisiga devor oshib kirib, xonadonidagi tokchasida bo‘lgan pista, bodomlari va shirinliklarini iste'mol qilib, narsalarni titib, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, harakatlarini oxiriga yetkaza olmay, ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 1-sonli JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Uychi tumanida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, undan aybiga iqrorlik arizasi va tegishli ko‘rgazmalari videotasvir orqali olingan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 25,169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech