O‘g‘irlik qilgan shaxs barmoq izlari orqali aniqlandi.
2023 yil 13 mart kuni Chust tumani Zarafshon MFYda yashovchi, uy bekasi tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida shu yil 10 mart kuni soat 11:00 larda yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, hovlisiga kirib, mehmonxonasidagi shkafda bo‘lgan umumiy narxi 4.900.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlari va “LG” rusumli uyali telefon apparati hamda 60.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Chust tumani IIB EKM katta eksperti voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida olingan qo‘l barmoq izlari viloyat IIB EKMda mavjud bo‘lgan avtomatlashtirilgan shaxsni identifikatsiya qilish tizimida tekshirildi. Tekshiruvda 2 dona qo‘l barmoq izi To‘raqo‘rg‘on tumani O‘rda MFYda yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli ekanligi aniqlanib, surishtiruv ishlari davomida gumonlanuvchidan daliliy ashyo olingan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.