Hududlarda jinoyatchilikni oldini olish borasidagi amalga oshirilgan ishlar va sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda
Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan jinoyatchilikning oldini olishda quyi tizim xodimlarining faoliyatini o‘rganish ishlari tizimli ravishda davom etib, bu jarayon ichki ishlar organlarining aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun boshqarma rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh Yangiqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, tuman hokimi va prokurori ishtirokida “Cho‘ngbag‘ish” hamda “Qorapolvon” mahallalari, tuman markazida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ichki ishlar bo‘limi xodimlarining faoliyati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida, mahallalarda sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari chuqur tahlil qilinib, bunday holatlarni oldini olishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan masʼullarning faoliyati keskin tanqid qilindi.
Shuningdek, tuman markazida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni oldini olish, piyodalar hamda haydovchilarga qulayliklar yaratish bo‘yicha loyiha taklifi bilan tanishilib, mutaxassislarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, ichki ishlar bo‘limi xodimlarning faoliyati ham o‘rganilib, aniqlangan kamchilarni zudlikda barataraf etish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarlarning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish borasidagi aniq vazifalar belgilab olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati