Uchqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻining tuman aholisiga murojaati
Assalomu aleykum Hurmatli tumanimiz fuqarolari, aziz yurtdoshlar!
Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvar kunidagi “2025-yilda
Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori
mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha mutloqo yangicha ishlash tizimi
joriy etildi.
Mahallalarda mavjud muammolarni, joyida manzilli xal etish uchun, ijtimoiy
profilaktika tizimi yoʻlga qoʻyildi. Profilaktika inspektorlari tomonidan
huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan 2 793
nafar shaxslarga xulosalar berilib, mavjud muammolarini mahalla yettiligi tomonidan
hal etilishi taʼminlanmoqda.
Soʻngi yillarda mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish,
mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish masalasiga alohida etibor qaratilmoqda.
Mahallalarda mavjud muammolarning joyida manzilli hal etilishi uchun
ijtimoiy profilaktika tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, mahalla faollari tomonidan 485 nafar shaxslarni
muammolari ijobiy hal etish choralari koʻrildi.
Jumladan,
- 53 nafar shaxslarning bandligi taʼminlandi,
- 45 ta ajrim yoqasidagi nizoli oilalar yarashtirildi,
- 12 nafar ogʻir ahvoldagi ayollarga yordamlar koʻrsatildi,
- 112 nafar tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga himoya
orderlari berildi,
- 3 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan xotin-qizlarga
ijtimoiy moslashtirildi,
- 28 nafar ishsiz yoshlar kasb-xunarga yoʻnaltirildi,
- 12 nafar koʻmakka muhtoj ogʻir toifadagi yoshlarning muammolari hal
etildi,
- 30 nafar huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoshlar bilan profilaktik
tadbirlar oʻtkazildi,
- 7 nafar tibbiyot muassasalari hisobida turuvchi shaxslar sogʻlom hayotga
qaytarildi,
- 131 ta ogʻir ahvoldagi oilalarga kompleks ijtimoiy xizmatlar
koʻrsatildi,
- 26 nafar keksa va yolgʻiz yashovchi shaxslarga tibbiy yordamlar
koʻrsatildi,
- 26 nafar nogironlarga ijtimoiy, tibbiy va boshqa yordamlar koʻrsatilib,
muammolari ijobiy hal etildi.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari,
Bugungi kunda tuman hududidagi jinoyatchilik ahvoli, uni oldini olish,
koʻrilayotgan chora-tadbirlar boʻyicha qichqacha axborot bersam.
2025-yil 3 oyida Uchqoʻrgʻon tumanida 102 ta jinoyatlar (oʻtgan yili 42ta)
sodir etilgan.
2025-yil 3 oyida Uchqoʻrgʻon tumanida umumiy jinoyatlar ikki yarim baravar
(42 / 102) koʻpaygan.
Jami jinoyatlarning:
– 24 tasi (23,5 foizi) oldi olinishi lozim boʻlgan;
– 37 tasi (36,2 foizi) aniqlangan;
– 41 tasi (40,2 foizi) AKT yordamida sodir etilgan jinoyatlarni tashkil
etadi.
2025-yilda umumiy jinoyatlar (AKT jinoyatlardan
tashqari) 45,2 foizga (42 / 61) oshgan.
Uchqoʻrgʻon tumanida umumiy (AKT jinoyatlardan tashqari) (61 ta)
jinoyatlarning 24 tasini (23,5 %) oldi olinishi mumkin boʻlgan
11 ta turdagi jinoyatlar tashkil etib, ularning soni avvalgi yilga
nisbatan 3 taga (21/24) oshgan.
Oldi olinishi lozim boʻlgan jinoyat turlaridan:
– bezorilik 100 foizga (0/3);
– oʻgʻrilik 20,0 foizga (5/6);
– ogʻir tje 100 foizga (0/1);
– yengil tje 100 foizga (0/1) oshgan.
Qotillik, nomusga tegish, talonchilik, bosqinchilik, jinoyatlari sodir
etilmagan.
Shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar:
– yoshlar 40,0 foizga (5/7),
– mastlar 100 foizga (1/2),
– muqaddam sudlanganlar 100 foizga (0/4),
– guruxlar 100 foizga (0/3),
– ayollar (0/1) oshgan.
Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilmagan birinchi chorakda.
Har 100 ming aholi soniga jami jinoyatlar Uchqoʻrgʻon tumanida
oʻrtacha 54,5 tadan toʻgʻri kelgan. (
viloyatda 9-oʻrin).
Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlar soni
34 taga (7/41) yoki 485,7 foizga oshgan.
Ushbu jinoyatlarning asosiy salmogʻini (74,3%) oʻgʻrilik va
firibgarlik jinoyatlari tashkil etgan.
Uchqoʻrgʻon tumani viloyatning 14 ta tuman-shaharlar orasida bezorilik
jinoyatlari boʻyicha (3 ta) salbiy 4-oʻrin egallagan.
Tumandagi 64 ta mahallalardan 3
tasi qizil, 10 tasi “sariq” va 51 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.
Qizil toifadagi mahallalar: Istiqbol,
Qoʻgʻay, Sharxonchek.
Mahalla hududida oldini olish mumkin boʻlgan eng koʻp jinoyat Istiqbol (2
ta oldi olinadigan, shundan 1 ta oʻgʻrilik, 1 ta bezorilik), mahallasida sodir
etilgan.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari,
Jinoyatlarning eng koʻp sodir etilayotgan turlari, xamda bizni eng koʻp tashfishga solayotgan tan jaroxati
yetkazish uning kelib chiqish sabab va omillariga toʻhtalib oʻtsam.
Tan jaroxati bilan bogʻlik jinoyatlar boʻyicha:
Joriy yilni shu kunga qadar tuman hududida 12 ta tan jaroxati bilan
bogʻlik jinoyatlar sodir etildi.
Mazkur jinoyatlar tahlil qilganimizda,
-1 tasi qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish (104),
-2 tasi qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish (105),
-1 tasi qasddan badanga yengil shikast yetkazish (109),
-3 tasi oilaviy maishiy zoʻravonlik (126/ pr 1),
-5 tasi bezorilik jinoyatlarini tashkil qilgan.
Byezorilik jinoyati boʻyicha tahlil qilinganda:
Joriy yilda 5 ta bezorilik jinoyatlari sodir etildi.
Bezorilik jinoyatini kelib chiqish sabablari oʻrganilganida, fuqarolarning
bir-birlari bilan oʻzaro kelishmovchilik, gap tortishib qolish natijasida sodir
etilganligi aniqlandi.
Koʻcha va jamoat joylarida fuqarolarning bir birlariga boʻlgan
munosabatlari, muomula madaniyatiga rioya etmasliklari, oʻzaro hurmatni
saqlamasligi sabab ushbu jinoyatlar sodir etilayotgani koʻrinmoqda.
Yana bir muhim jihatga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, jamoat joylarida
fuqarolar tomonidan sovuq qurolni olib yurish holatlari koʻplab uchramoqda.
Oʻtkazilgan “Tigʻ” tadbirlar jarayonida 69 ta holatlarda fuqarolar tigʻli
jismlarni yonlarida olib yurganliklari aniqlanib, tegishli tartibda jazo
muqarrarligini taʼminlab kelinmoqda.
Shu oʻrinda, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xolat yuzasidan sovuq qurol
sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq holda
olib yurish, Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi
kodeksi (185-2) moddalarida taqiqlanganligi yana bir bor etiborlaringni
qaratmoqchiman.
Shuningdek, firibgarlik jinoyati boʻyicha:
Joriy yilda tuman hududida 1 ta firibgarlik jinoyatlari qayd etildi.
Ushbu jinoyatlarni sodir etilishi ham fuqarolar oson va tez daromad
topishga intilishi, “oʻzaro lavz” hamda “oʻzaro ishonch” va “tanish-bilish”
tushunchalari asosida xuquqiy hujjatlarsiz munosabatlarga kirishishlari
oqibatida sodir etilmoqda.
Yuqoridagi holatlardan koʻrinmoqdagi, fuqarolarimizning oʻzlari bila turib
firibgarlik qurboniga aylanib qolmoqdalar.
Giyoxvandlik boʻyicha
- Yana bir muhim masalalardan biri giyohvandlik va psixotrop moddalarning
noqonuniy muomulasi bilan bogʻliq jinoyatlardir.
Tuman hamkor tashkilotlari bilan birgalikda giyohvandlik illatiga qarshi
kurashish va uni yoshlar orasida keng tarqalishini oldini olish boʻyicha bir
qator tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz.
Oʻtgan davr mobaynida olib borilgan tadbirlar jarayonida 11 ta jinoiy
holatlar aniqlanib, 100,1 gr.dan ortiq giyohvandlik moddalarning noqonuniy
muomalasiga chek qoʻyildi.
Mazkur holatlar boʻyicha 11 nafar shaxslarning javobgarlik masalasi koʻrib chiqildi.
Hurmatli fuqarolar, giyohvandlik illati bilan aksariyat yoshlarimiz
shugʻullanmoqda.
Albatta bir narsani unutmasligimiz kerak, talab boʻlmasa taklif ham
boʻlmaydi.
Barchamiz bunga masʼul boʻlib, jamiyatimizda giyohvandlik vabosini oldini
olish bilan shugʻullanmasak, kelajak avlod taqdiriga befarq boʻlgan boʻlamiz.
Bu illatga qarshi barchamiz birgalikda kurashimiz shart va lozim deb
hisoblayman.
Yoʻl-transport hodisalari boʻyicha:
Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash masalasi ham muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
Joriy yilda tumanda 6 ta yoʻl-transport hodisalari
sodir etilib, uning 4 tasi oʻlim bilan bogʻliq jinoyatlardir.
Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida
mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash
choralari koʻrildi, muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib borildi.
Lekin, bugungi kunda haydovchilik madaniyatini yetarli deb boʻlmaydi.
Ayrim haydovchilar yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasliklari,
mensimasdan transport vositalarini boshqarishlari, ayrim hollarda esa
ota-onalarning oʻzlari voyaga yetmagan farzandlariga transport vositasini
boshqarishlariga imkon berayotganliklari ogʻir oqibatli yoʻl-transport
hodisalarini keltirib chiqarmoqda.
Oʻtgan 3 oyda 2898 ta qoidabuzarliklar aniqlangan boʻlib, uning 1875 tasi
qoʻpol qoidabuzarlikni tashkil qilgan boʻlsa, 49 ta mast holda transport
vositasini boshqarish holatlarini tashkil qilgan.
Aniqlangan 49 ta mastlik holati, bu shuncha yoʻl-transport xodisasini oldi
olingan desam, hech mubolagʻa boʻlmaydi.
Aziz tumanimiz fuqarolari, yuqorida yoʻl – taransport hodisalari boʻyicha
birqancha jiddiy masalalar aytib oʻtildi, albatta barchamiz haydovchilik
hurmatini saqlagan holda, qoidalarga itoat qilib harakatlansak, hech qanday
koʻngilsiz hodisalar sodir etilmasligiga oʻzimizni hissamizni qoʻshgan
boʻlamiz.
Yoshlar boʻyicha:
Joriy yilda yoshlar tomonidan 7 ta jinoyatlar sodir etilgan.
Yoshlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishi tashvishli holdir. Ular
tomonidan,
-1 ta firibgarlik,
-1 ta oʻgʻirlik,
-2 ta bezorilik,
-3 ta boshqa turdagi jinoyatlarga qoʻl urganlar.
Yoshlar masalasiga masʼul boʻlgan tashkilotlar, mahalla vakillari,
profilaktika inspektorlari, yoshlar jinoyati masalasiga jiddiy eʼtibor berib,
ularning muammolarini oʻz vaqtida aniqlab, bartaraf etib, oilalardagi maʼnaviy
muhitni sogʻlomlashtirish, bunda ota-onalarning masuʼliyatini oshirishlari
muhim deb hisoblayman.
Yoshlar, kelajak poydevori tushunchasi bilan qarab, ularning ezgu niyat va
orzularini roʻyobga chiqarishga barchamiz masʼul ekanligmizni unutmasligmiz
zarur.
Aziz tumanimiz fuqarolari,
Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatlarni barvaqt
oldini olish masalasi faqatgina davlat
idoralarining vazifasi emas, balki butun jamiyatning vazifasi deb qarab, bu
masalalarga eʼtiblik boʻlsak, tuman hududida jamoat xafsizligi ishonchi
taʼminlanib, mahallalarda havfsiz muhit yaratiladi, bu bilan oldimizga
qoʻyilgan maqsadga erishamiz.
Uchqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻi U.Murodullayev