Uchqoʻrgʻon tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, qadrli Uchqoʻrgʻon xalqi!
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbuslari bilan
yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni asrash, barcha sohalarda islohotlarni
jadallashtirish, umuman olganda, xalqning ogʻirini yengil qilish, aholining
turmush darajasini yuksaltirishga
alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bunda barchamiz ishtirok etib, qilinayotgan ishlarga guvoh boʻlmoqdamiz.
Prezidentimiz ana shu yangilanish, oʻzgarishlar samarador boʻlishining
kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning
uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat
siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri darajasiga koʻtardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi, barcha sohalarda qonun talablariga
soʻzsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi salbiy illatning oldini olishga bevosita
bogʻliqdir.
Aziz Uchqoʻrgʻon ahli!
Oʻzbek hamyurtimizmi, chet ellik tadbirkor, sarmoyador boʻladimi,
barcha - barcha, tumanimizda tinch va osuda, munosib hayot sharoitlari bilan taminlangan, uning
hayoti har qanday jinoiy tajovuz va tahdidlardan kafolatli himoyalangan
boʻlishi shart.
Albatta, bunda qonun ustuvorligini taʼminlamasdan, bu vazifaga erisha
olmaymiz.
Tumanimizdagi barqarorlikni asrash, mamlakatimizni har tomonlama
rivojlantirish, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda “odamlarni rozi qilish”
davlat xizmatidagi har bir kishidan, u qaysi idorada, qanday lavozimda
boʻlishidan qatʼiy nazar, fidoyilik, halollik va poklikni
talab qiladi.
“Yangi Oʻzbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish
ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi. Xususan, tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning
yangi mexanizmlari joriy etilayapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham koʻrinayapti, jinoyatlar uchun jazo
muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim boʻlsa, ularni keltirib
chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir koʻchasida, mahallasida, bozorida, istirohat
bogʻida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralarini jadallik bilan
koʻrishimiz lozim.
Aziz hamyurtlar!
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni oʻz oldimizga qoʻydik.
Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhitni
yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini
yanada oshirishga qaratilgan 1 - sonli qarorlari asosida
jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi,
mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi”
instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning
samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini
shakllantirish borasida qator chora -tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikni erta oldini olish,
kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha yangi mexanizm joriy etilib,
mening rahbarligimda tumanda idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab
faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 64 ta mahallaning kriminogen
vaziyati ogʻir 8 tasiga masʼul rahbarlar nomma - nom biriktirildi.
Tuman va mahallalarimizni choraklik manzilli chora - tadbirlar
“yoʻl xaritalari” ishlab chiqildi.
“Yoʻl xaritalari” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi
gavjum joylarga 161 ta, koʻp qavatli uylarning hovlisiga 3600 gradus aylanuvchi
17 ta, mahallalarning asosiy kirish - chiqish joylariga 47 ta, bozor
va savdo markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 11 ta, jami 250
ga yaqin kameralar, koʻp qavatli uylarni eshiklariga
30 dan ortiq domofonlar, uylarni kirish yoʻlaklariga 12 dan ortiq tashvish
tugmalari oʻrnatildi, 20 ta savdo muassasalari va qariyb 200 ta xonadonlar
tezkor qoʻriqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi
“Hudud kamera nazoratida!”, “Obyekt qoʻriqlovda!” hamda “Xonadon qoʻriqlovda!”
kabi jami 350 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 22 ta “namunaviy
xavfsiz koʻcha” hamda 52 ta “namunaviy xavfsiz yoʻlak” tashkil etildi, ichki
yoʻllar va koʻchalar 114 ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.
Albatta bu oʻzining natijasini beryapti.
Misol uchun, joriy yil davomida tumanda oʻrnatilgan kameralar yordamida
qidiruvda yurgan 2 nafar, jazodan boʻyin tovlab kelgan probatsiya hisobidagi 2
nafar shaxslar ushlanib, bedarak yoʻqolgan 1 nafar shaxslar topilib, 3 ta
jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Amalga oshirilgan chora - tadbirlar natijasida
“qizil” toifada qolgan 3 ta mahallalarning 3 tasida kriminogen vaziyat
saqlanmoqda.
Davlat rahbarining Qaroriga asosan
hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha kunlik soʻrov va oʻrganishlarni
yoʻlga qoʻydik.
Bunda, kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning jinoyat oʻchoqlari joyida
oʻrganilmoqda.
Misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 15 ta oldini olish mumkin
boʻlgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror taʼsir choralari
qoʻllanildi.
Eʼtibor berishingizni istardimki, Bu ishlar bir kunlik yoki bir martalik
hisobot uchun qilinayotgan ishlar emas.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 2-chorak uchun yoʻl xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf
etish boʻyicha kuchaytirilgan ish tartibini
joriy etdik.
Bu borada farmoyish qabul qilib, barcha tezkor xodim-larni
mahallalarga nomma – nom biriktirdik.
Har bir sohaga doir targʻibot ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab
chiqib, tarqatildi.
Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz jinoyatlarning omil va sabablarini
oʻrganishdan tashqari oʻsha hududda
amaliy tadbirlarni ham
oʻtkazadi.
Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori”
degan yondashuv bilan
ishlaymiz.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha
dastlabki bajarilgan ishlar va
tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini
oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning 1 - choragida 21 ta oʻrganishlar oʻtkazilib, 197
nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlarimiz muntazam davom
etadi.
Ikkinchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham koʻproq
eʼtibor berishi lozim boʻlgan hamkorlik kuchaytirilishi kerak boʻlgan bir
nechta jinoiy omillarga diqqat
qaratmoqchiman.
Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar koʻproq
pul topish bilan birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yoʻllarini ham
oʻylab topmoqdalar.
Firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyati oshayotgani ham
bunga yaqqol misol
boʻladi.
Firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot
texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi tashvishli
holdir.
Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston huquq idoralari ilgari
duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmogʻi
ortishi anchagina tashkiliy choralar koʻrishni taqozo etdi.
Maʼlumot uchun, tumandagi jinoyatlarning 40,2 foizini axborot
texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil etmoqda.
Misol uchun, joriy yilda birgina bank plastik kartalardan pul mablagʻlarini yechib olish holatlari yuzasidan 41
ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning 14 tasi yoki 34,1 foizi
firibgarlik hamda 26 tasi yoki 63,9 foizi oʻgʻrilikni tashkil qilgan.
Soʻnggi vaqtarda bu turdagi jinoyatlar, bir necha baravarga koʻpaydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim boʻlmagan. Shu
sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni boʻlmaslik uchun, internet ijtimoiy
tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot boʻlishlarini
hamda bank kartalari va hisob raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlaringizni sir
saqlashingizni soʻrab qolamiz.
Aziz hamyurtlar!
Shu oʻrinda, kriminogen vaziyatga taʼsir koʻrsatuvchi jinoyatlarning ayrim
turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 3 oyi yakuniga koʻra,
umumiy jinoyatchilik (42-102), shundan uncha ogʻir boʻlmagan (6-18), ogʻir
(14-52), oʻta ogʻir (3-9), yoshlar (5-7), ayollar (1-5), ishsizlar (0-1),
guruhlar (0-3), mast holda (1-2), muqaddam sudlanganlar (0-4) jinoyati ortib
ketgan, voyaga yetmaganlar (0-0) tomonidan jinoyat sodir etilmagan.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzar -liklarga
oilaviy-maishiy muammolar asosiy sabab boʻlganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini
bartaraf etish boʻyicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, oʻtkazilgan oʻrganishlarda kriminogen vaziyati ogʻir
mahallalarda 236 ta ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning
muammolarini hal qilish boʻyicha 205 ta choralar koʻrildi.
Bulardan tashqari, 4.002 nafar ishsizlardan 2.114 nafari ishga
joylashtirildi, 697 nafari kasbga oʻqitildi, 394 nafari esa kasbga
yoʻnaltirildi.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham
chetda qolmadi.
Ularning 3 nafari kasb-hunarga oʻqitildi, 9 nafarining bandligi
taʼminlandi, 12 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.
Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb
yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora boʻlib, jinoyatlarning
sabab va omillarini koʻzdan qochirsak oqibati yomon boʻladi.
Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib,
ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda
yashash va oʻqish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining
javobgarligi kuchaytirildi.
Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat,
tigʻ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 105 nafar bolalar, muntazam
dars qoldiruvchi 5 nafar, tarbiyasi ogʻir 56 nafar oʻquvchilar aniqlandi.
Ularning 4 nafari maktablarga qaytarildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona
qaramogʻidan mahrum boʻlgan hamda boquvchisini yoʻqotgan bolalarning 5 ta
muammosi hal qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish -chiqish
joylariga xavfsizlikni taʼminlovchi 26 ta zamonaviy kameralar oʻrnatildi.
Tahdidlardan yana bittasi, bu yoʻl voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir
boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalaridir.
Bu yoʻnalish bilan bogʻliq jinoyatlarni biz kengroq tahlil qildik.
Raqamlarga qarasak, ohirgi ikki yilda qariyb 2 ta holatda (2023-y. 0 ta,
2024-y. 1 ta, 2025-y. 1 ta) voyaga yetmaganlar transport vositalarini olib
qochib, yoʻl - transport hodisalari sodir etilgan.
Umuman olganda yoʻl-transport hodisalari oqibatida oʻtgan 2024-yilning
oʻzida 4 nafar voyaga yetmagan tomonidan yoʻl - transport hodisalari
sodir etilgan.
Buning oqibatida, 3 nafar fuqaro vafot etgan, 7 nafari tan jarohati
olishgan. Joriy yilning 3 oy davomida voyaga yetmaganlar
oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarlikni oldini olish boʻyicha, huquqni muhofaza
qiluvchi organlar hamda boshqa mutassadi tashkilotlar bilan hampkorlida
yetarlicha ish olib borilib, ushbu yoʻnalishda yoʻl xaritalar ishlab chiqilib,
manzilliy ishlar amalga oshirilganligi sababli, ogʻir va boshqa turdagi
jinoyatlar sodir etilmaganligini koʻrish mumkin.
Shuning uchun biz bu borada kengqamrovli tadbirlarni belgilab oldik.
Hurmatli ota-onalar!
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aziz farzandlaringizni majruh va nogiron
boʻlib qolmasliklari uchun avvalo ularning tarbiyasi va taʼlim olishiga alohida
eʼtibor qaratishingizdan umidvormiz.
Hurmatli fuqarolar!
Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralari ham koʻrilmoqda.
Oʻtgan 2024-yilda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilganligi
holatlari yuzasidan 33 nafar shaxslarga nisbatan 18 ta jinoyat ishlari
qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari
olib borildi.
Buning oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 7,5 mlrd. soʻm
zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Zotan, korrupsiya har bir sohaning rivojiga toʻsiq boʻlmoqda.
Shu sababli, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga barham berish
yoʻlida qatʼiy murosasiz kayfiyatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda men
butun Uchqoʻrgʻon axlidan oʻz hissangizni qoʻshishga chaqiraman.
Barcha tashkilotlar boʻyicha tahlillar oʻtkazilayapti, mana shu mart
oyining oʻzida yuqori idoralarga, hukumatga, aholiga xizmat koʻrsatish,
idoralarning boshqaruv tartibini yaxshilash bilan bogʻliq 4 ta takliflar ishlab
chiqildi.
Hurmatli fuqarolar!
Juda koʻp masalalarda ish uslublarimiz oʻzgarishi zarur, buning ustida
ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan,
jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga
imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf
qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz
kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik
omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga
moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, “fuqarobay”
ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab boʻlayotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va
psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi
immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari,
koʻmak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday koʻrinishiga
chek qoʻyishga kafolat
beradi.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga
hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka
chaqiramiz.
Zero, sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etilishi va oldi olinishida xalqimizdan masʼuliyat,
tashabbuskorlik hamda daxldorlik hissi
bilan yondoshishni soʻrayman.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday
koʻrinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qoʻlurganlarga
nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga shaxsan kafolat
beraman.
Barchamiz jinoyatdan holi yangi Oʻzbekiston uchun birlashaylik!
Uchqoʻrgʻon tuman prokurori M.Siddiqjonov