Uchqo‘rg‘ondagi ombordan 4 tonnaga yaqin urug‘lik bug‘doylarni o‘g‘irlagan gurux qo‘lga olindi
2021 yil 8 oktyabr' kuni, Norin tumanida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro aloqa xati bilan murojaat qilib, shu yil 27 sentyabr' kunidan 8 oktyabr' kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Norin tumanida joylashgan, “Uchqo‘rg‘on don mahsulotlari” AJ Haqqulobod shahobchasi omborxonasiga noma'lum shaxs, devor oshish yo‘li bilan kirib, u yerdan umumiy narxi 16.361.280 so‘mlik 3.744 kg. “Elita Alekseevich” navli urug‘lik bug‘doyini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Norin tumani IIB JQB tezkor vakili hamda HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surushtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro va mahalladoshlari, 1995 yilda tug‘ilgan, 1994 yilda tug‘ilgan, 1989 yilda tug‘ilgan hamda 1993 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati