19 Fevral 2021 yil 446

Uchqo‘rg‘onda qimorxona aniqlandi.

2021 yil 15 fevral' kuni Uchqo‘rg‘on tuman IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida bir guruh fuqarolarni qimor o‘ynashlariga sharoit yaratib berib, bir guruh fuqarolarni qimor o‘ynashlariga sharoit yaratib berib, har bir o‘yindan 5.000 so‘mdan cho‘tal olib, moddiy manfaat ko‘rganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 fevral' kuni O‘z.R JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech