Uchqo‘rg‘onda “Gashish” sotmoqchi bo‘lgan yigitlarning savdosiga “Nazorat xarid” tadbirida chek qo‘yildi.
2022 yil 22 mart kuni soat 19:30 larda, DXX Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi va tuman IIB TEQKB tezkor vakili va profilaktika inspektori tomonidan hamkorlikda “Nazorat xarid” tadbiri o‘tkazildi.
Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi ikki nafar shaxs oldindan jinoiy til biriktirib, Uchqo‘rg‘on tumani O‘rtabog‘ MFY hududida tadbir ishtirokchisiga 600.000 so‘m pul evaziga oq qog‘oz parchasiga o‘ralgan, o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotayotgan vaqtida ushlangan.
Namangan viloyat IIB EKBning hulosasida, ushbu moddaning sof og‘irligi 3,34 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, gumonlanuvchilardan birining yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda oq rangli qog‘oz parchasiga o‘ralgan, 1,54 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi topilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB TB tomonidan 2022 yil 23 mart kuni O‘z.R JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati