2 Avgust 2021 yil 669

Uchqo‘rg‘on tumanida sodir etilgan jinoyatning muhokamasi o‘tkazildi.

Joriy yil 27 iyul' kuni soat 06:30 larda, Uchqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tgan “Norin” daryosi qirg‘og‘idan jasadi topilgan fuqaro A.N.ga nisbatan sodir etilgan qotillik jinoyati yuzasidan Namangan viloyati IIB boshlig‘i A.I.Ataxodjaev rahbarligida uning o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, mas'ullar va hudud aholisi ishtirokida hodisaning muhokamasi o‘tkazildi. Unda boshqarma boshlig‘i avtomashinani qo‘lga kiritish niyatida bir insonning umriga qasd qilishdan tap tortmaslik ma'nan sog‘lom bo‘lgan insonning ishi emasligi, bu kimsalarning jinoyatini hech bir so‘z bilan oqlab bo‘lmasligini kuyunib gapirdi.
Hududda yuzaga kelgan ushbu ayanchli holatga tuman mutasaddilarining faoliyati ham tanqid ostiga olindi. Kelgusida bu kabi xodisalarni oldini olishda
nafaqat huquq-tartibot idoralari, balki har bir fuqaro o‘z hududidagi vaziyatga daxldorlik hissi bilan yashashm lozimligi muhokama yakunida alohida ta'kidlandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech