Uchqo‘rg‘on tumanida ikki bosh mollarni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi
2022 yil 9 mart kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash uyi hovlisiga tomorqa eshigini buzish yo‘li bilan kirib, molxonasida bo‘lgan narxi 8.000.000 so‘mlik ikki bosh mollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Uchqo‘rg‘on tuman IIB HPMB profilaktika inspektorlari va JQB tezkor vakili hamda JTSG kinologlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan va Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 9 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati