28 Aprel 2022 yil 380

Uchqo‘rg‘on tuman IIBda uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi.

Ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar xizmat qilgan, ulkan tajribaga ega bo‘lgan xodimlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etib kelinadi. Navbatdagi ana shunday tadbir Uchqo‘rg‘on tuman IIBda bo‘lib o‘tdi.

Uchqo‘rg‘on tumani IIB Faxriylar kengashi raisi iste'fodagi mayor Z.R.Islamov ishtirok etgan uch avlod uchrashuvi xizmat faoliyatini endi boshlagan xodimlar uchun chinakam tajriba maktabi bo‘ldi. Faxriy xodim Z.R.Islamov o‘zi ishlagan davr va hozirgi kunda Ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilgan sharoitlarning farqi, bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish, vatan va xalq uchun sadoqat bilan xizmat qilish yosh xodimlarning burchi ekanligini ta'kidladi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech