29 Iyul 2021 yil
389
Uchastka uchun atalgan 9200 AQSh dollari firibgarning qo‘liga tushdi.
2021 yil 29 iyun' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1956 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil dekabr' oyida tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, qaynisining nomidagi 0,21 gektor yer maydonida shahar hokimiyatida ishlovchi tanishlari orqali uy-joy qurish uchun uchastka sifatida qaror chiqartirib berishini aytib, aldab, 9.200 AQSh dollarini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 28 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati