1 Fevral 2022 yil 463

Uch yarim milion so‘mlik mol hayvoni o‘g‘irlandi

2022 yil 27 yanvar' kuni, Chust tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 25 yanvar' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash hovlisining tomorqa eshigi orqali kirib, molxonasida bo‘lgan narxi 3.500.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chust tumani IIB JQB tezkor vakillari, HPB profilaktika inspektorlari va TB tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 27 yanvar' kuni  O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech