5 Mart 2022 yil 460

Uch nafar shaxs suv tortish uskunasini o‘g‘irlab ketdi

2022 yil 3 mart kuni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 19:00 larda noma'lum shaxs, Namangan shahar Yangi Namangan tumanidan oqib o‘tuvchi “Namangan-Farg‘ona” kanali bo‘yiga o‘rnatgan narxi 10.700.000 so‘mlik “GRANDFAR” nomli suv tortish nasosini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari va JQB boshlig‘i tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan hamda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 4 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi  qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech