8 Yanvar 2022 yil 477

Uch nafar shaxs firibgarlik yo‘li bilan telefon o‘g‘irladi.

2022 yil 6 yanvar kuni, Chust tumanida yashovchi, tumandagi kasb-xunar maktabining 2-bosqich talabasi, 2004 yilda tug‘ilgan bola ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 19:30 larda noma'lum shaxs, u bilan telefon orqali gaplashib, uni telefon sotishidan xabardor bo‘lib, Chust tumanida joylashgan kafe oldiga chaqirib, unga tegishli bo‘lgan “Samsung-S10” rusumli uyali telefon apparatini 240 AQSh dollariga baholab, o‘zi kelgan Lasseti rusumli avtomashinada o‘tirgan akasiga telefon apparatini ko‘rsatib olishini aytib, telefonni olib avtomashinaga o‘tirib, noma'lum tomonga qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan va Kosonsoy tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan hamda Kosonsoy tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 7 yanvar kuni O‘z.R JKning 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech