20 May 2025 yil 524

Shubhali shaxsning yonidan giyohvand modda topildi

Joriy yilning 2-may kuni Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi 2-son IIB va Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan Namangan shahar, “Ozod” mahallasi hududida, Namangan shahar, “Yangiqurilish” mahallasi hududida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan, fuqaro F.Bning yonidan 1,23 gramm bo‘lgan “Gashish” va 0,30 “Opiy” giyohvandlik moddasi xolislar ishtirokida tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech