15 May 2025 yil
99
Shubhali shaxsning yonidan giyohvand modda aniqlandi
Joriy yilning 8 may kuni To‘raqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov harakatlari davomida, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Olchin” mahallasida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan, fuqaro A.Rning egnidagi kiyimining cho‘ntagida sof og‘irligi 1,88 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati