12 May 2025 yil
146
Shubhali shaxsning yonidan giyohvand modda topildi
Joriy yilning 26 aprel kuni o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, DXX tuman bo‘limi va Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan, Chortoq tumani, “A.Navoiy” mahallasi hududida, Davlatobod tumani, “Mustaqillik” mahallasida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan, fuqaro X.Ining yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi shimining cho‘ntagida qog‘oz parchasiga o‘ralgan sof og‘irligi 0,84 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati