26 May 2025 yil 493

Shubhali shaxsning yonidan “gashish” topildi

Joriy yilning 7-may kuni Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan “Beruniy” mahallasi xududida, Yangi Namangan tumani, “Maʼnaviyat” mahallasida yashovchi, fuqaro R.Sh boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, avtomashinasi va yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning yonidan sof og‘irligi 0,34 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech