12 May 2025 yil
167
Shubhali shaxsning yonidan “gashish” aniqlandi
Joriy yilning 25 aprel kuni o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan, Yangi Namangan tumani, “Guliston” mahallasi hududida, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Turkiston” mahallasida yashovchi, fuqaro I.Aning yonidan 0.87 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbeksiton Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati