10 May 2025 yil
174
Shubhali shaxsning yonidan “Gashish” topildi
Joriy yilning 30 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Mingbuloq tumani IIB xodimlari tomonidan, Mingbuloq tumani, “Qo‘riqobod” mahallasi hududida, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Bozorboshi” mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan, fuqaro M.Jning yonidan 0,45 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati