7 Iyul 2025 yil 216

Shubhali shaxsning avtomashinasidan giyohvand modda aniqlandi

Joriy yilning 17-iyun kuni Kosonsoy tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, Kosonsoy tumani, “Xonqo‘rg‘on” mahallasi hududida, Kosonsoy tumani, “Guzar” mahallasida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, fuqaro S.Shning boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi to‘xtatilib tekshirilganida, avtomashinaning sovitish tizimi ichidan yelim paketga o‘ralgan 3,73 gramm “Gashish”, shuningdek, haydovchi S.Shning yonida 0,30 gramm “Kannabis” giyohvand moddalari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech