30 May 2025 yil 98

Shubhali shaxsning harakatlari fosh etdi

Joriy yilning 8-may kuni Yangi tuman IIB xodimlari tomonidan Yangi Namangan tumani “Guliston” mahallasi hududida shubhali tarzda harakatlanib ketayotgan, Namangan shahar, “Zarbdor” mahallasida yashovchi, 2002-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.O to‘xtatilib, yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yonida sof og‘irligi 0,29 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech