15 Oktyabr 2021 yil 725

Tungi vaqtda sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda vafot etdi

2021 yil 11 oktyabr' kuni soat 22:00 larda, Namangan shahar G‘ishtko‘prik MFY hududida, Namangan tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlar bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetida turgan piyoda, Namangan shahrida yashagan, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech