To‘qnashuv oqibatida haydovchi vafot etdi.
2021 yil 17 sentyabr' kuni soat 02:30 larda, Toshkent-O‘sh yo‘lining 286 km.da, Pop tumani Sohibkor MFY hududida, Farg‘ona viloyatida yashagan, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinasini ikkinchi darajali yo‘lda boshqarib borayotib, yo‘lni chorraha qismida asosiy yo‘lga chiqayotib, asosiy yo‘lda harakatlanib kelayotgan, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk avtomashinasini o‘tkazib yubormasdan harakatlanganligi oqibatida to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, Lasetti rusumli avtomashina haydovchisi olgan og‘ir tan jarohati oqibatida shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida yo‘lda vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati