5 Noyabr 2021 yil 344

Tun yarmida qarovsiz qoldirilgan hayvonlar o‘g‘irlab ketildi.

Joriy yil 2 noyabr' kuni Chortoq tumanida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Namangan shahar Davlatobod tumani Orzu mahallasida joylashgan dala maydonida qarovsiz qoldirgan narxi 17.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Davlatobod tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech