27 Oktyabr 2021 yil
609
Trikotaj maxsulotlarini o‘g‘irlashgan uringan ishchilar korxona raxbari tomonidan ushlab olindi.
2021 yil 17 oktyabr' kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1952 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 16 oktyabr' kuni soat 19:40 larda shu korxonada ishlovchi, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan kuyovi va To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro bir gurux bo‘lib, korxonasidan narxi 40.000.000 so‘mlik 4.000 dona tayyor trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlab olib chiqib ketayotgan vaqtlarida ushlab olganligini ma'lum qilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati