18 Avgust 2025 yil 77

To‘raqo‘rg‘on tumanida PQ-1-son Qarori ijrosi o‘rganilib, sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi

Joriy yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qaror ijrosini ta‘minlash doirasida viloyatning barcha tumanlarida jinoyat sodir etilgan mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli ishlar tashkil etildi. Ushbu jarayonlarda boshqarma rahbariyati tomonidan tizimli ravishda o‘rganishlar olib borilib, mas‘ullarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Xususan, navbatdagi o‘rganishlar boshqarma rahbariyati va tuman hokimi ishtirokida To‘raqo‘rg‘on tumanining kriminogen vaziyati barqarorlashgan “Tepa Naymancha” “Olchin” va “Birlashgan” mahallalari hamda “qizil” toifada qolayotgan “Isvaxon” mahallasida o‘tkazildi. Mahalla yettiligi a‘zolari hamda biriktirilgan mas‘ul xodimlarning ish faoliyati atroflicha tahlil qilinib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas‘ullar, shuningdek, “Olchin” mahallasida sodir etilgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilganligi keskin tanqid qilindi.

O‘rganishlar davomida mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech