To‘raqo‘rg‘on tuman prokurorining tuman aholisiga murojaati
Assalomu alaykum hurmatli tumanimiz fuqarolari, aziz yurtdoshlar!
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz ana shu yangilanish, o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.
Aziz To‘raqo‘rg‘on ahli!
Qonun ustuvorligini taʼminlamasdan, bu vazifaga erishib bo‘lmaydi.
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta tasir ko‘rsatadi, uning o‘ziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham ko‘rinayapti, jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim bo‘lsa, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir ko‘chasida, mahallasida, bozorida, istirohat bog‘ida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari ko‘rilayapti.
Qadrli yurtdoshlar!
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.
Prezidentimizning 2025 yil 3-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirishga qaratilgan 1 - sonli qarorlari asosida jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish borasida qator chora -tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 67 ta mahallaning, 2025 yil 6 oy davomida kriminogen vaziyati og‘ir deb topilgan va qizil hudud bo‘lgan, 5 ta mahallalarga manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla–tuman–tuman darajasidagi masʼul rahbarlar biriktirilib, sohaviy javobgarligi yuklatildi.
Barcha darajadagi rahbarlarga “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilandi.
Mahalla – tuman darajasida “yo‘l xarita”lar ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.
Yo‘l xaritalari ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalarda aholi gavjum joylarda 320 ta, ko‘p qavatli uylarning hovlisga 360 gradus aylanuvchi 8 ta, mahallalarning asosiy kirish chiqish joylariga 86 ta, bozor va savdo markazlariga yuzni va avtomabil raqamini tanib oluvchi 11 ta, maktablardagi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga, ochiq sport maydonlariga 85 ta, jami 260 ta PTZ-kameralar, ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 128 dan ortiq damafonlar, uylarning kirish yo‘laklariga 28 dan ziyod tashvish tugmalari o‘rnatildi. Mahallalardagi ko‘p qavatli va yakka tartibdagi 530 dan ortiq xonadonlarni Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmat tomonidan tezkor qo‘riqlovga olindi.
Albatta bu natija beryapti.
Misol uchun, yil boshidan beri tumanda o‘rnatilgan kameralar yordamida qidiruvda yurgan 3 nafar jinoyatchilar ushlandi. Shuningdek, bedarak yo‘qolgan 13 nafar shaxslar topilib, 42 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh etildi.
Davlat rahbarining Qaroriga asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha kunlik so‘rov va o‘rganishlarni yo‘lga qo‘ydik.
Bunda, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o‘choqlari joyida o‘rganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 37 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror taʼsir choralari qo‘llanildi.
Eʼtibor berishingizni istardim. Bu ishlar bir kunlik yoki bir martalik hisobot uchun qilinayotgan ishlar emas.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda, 3 - chorak uchun yo‘l xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibini joriy etdik.
Bu borada farmoyish qabul qilib, barcha tezkor xodim-lar 67 ta mahallalarga nomma – nom biriktirdik.
Har bir sohaga doir targ‘ibot ishlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqdik va tarqatdik.
Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori” degan yondashuv bilan ishlaymiz.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha dastlabki bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyati oshayotgani ham bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Oqibatda esa fuqarolarga 420 mln. so‘mga yaqin zarar yetkazilgani aniqlandi.
So‘nggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga ko‘paydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim bo‘lmagan. Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot bo‘lishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni sir saqlashni so‘rab qolamiz.
Aziz viloyatdoshlar!
Shu o‘rinda, kriminogen vaziyatga taʼsir ko‘rsatuvchi jinoyatlarning ayrim turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzar -liklarga oilaviy - maishiy muammolar asosiy sabab bo‘lganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham chetda qolmadi.
Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora bo‘lib, jinoyatlarning sabab va omillarini ko‘zdan qochirsak oqibati yomon bo‘ladi.
Joriy yilda esa, voyaga yetmaganlar ishtrokida yo‘l transport xodisasi sodir etilmadi.
Shuning uchun biz bu borada kengqamrovli tadbirlarni belgilab oldik.
Hurmatli ota-onalar!
Hurmatli fuqarolar!
Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralari ham ko‘rilmoqda.
Zero, sir emas korrupsiya har bir sohaning rivojiga to‘siq bo‘lmoqda.
Shu sababli, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham berish yo‘lida qatʼiy murosasiz kayfiyatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda men butun To‘raqo‘rg‘on axlidan o‘z hissangizni qo‘shishga chaqiraman.
Hurmatli fuqarolar!
Juda ko‘p masalalarda ish uslublarimiz o‘zgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Aziz hamyurtlar!
Barchamiz jinoyatdan holi yangi O‘zbekiston uchun birlashaylik!!!
To'raqo'rg'on tuman prokurori A.Yusupov