To‘raqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘ining tuman aholisiga murojaati
Aziz
yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Muhtaram
Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha sohalarda misli
ko‘rilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda
yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlarga, aholining turmush darajasi keskin
o‘sib borayotganiga har birimiz birdek guvoh ham bo‘lmoqdamiz.
Prezidentimiz
ana shu yangilanish, o‘zgarishlar samarador bo‘lishining kafolati sifatida
mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka
qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor
yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.
Zero, bu
islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga so‘zsiz rioya
etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.
Aziz
To’raqo’rg’on tuman ahli!
“Yangi
O‘zbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish ana
shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
To’raqo’rg’on
tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta taʼsir ko‘rsatadi, uning
o‘ziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Tumanimizda
tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy etilyapti.
Bu
ishlarimiz kundalik hayotda ham ko‘rinyapti, jinoyatlar uchun jazo
muqarrarligini taʼminlash vazifasi qanchalik muhim bo‘lsa, ularni keltirib
chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois,
tumanning har bir ko‘chasida, mahallasida, bozorida, istirohat bog‘ida, jamoat
joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari ko‘rilyapti.
Qadrli
yurtdoshlar!
Biz
jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.
2025 yil
3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish
va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son Qarori asosida
jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi,
mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla
yettiligi” instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida
huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini shakllantirish
borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga
muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish, kriminogen
vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etildi, mening
rahbarligimda tuman prokuraturasida
idoralararo muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qaror
ijrosi doirasida tumandagi jami 67 ta mahallaning kriminogen vaziyati
og‘ir 5 tasiga masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan.
Barcha
tuman va mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirlar “yo‘l
xaritalari” ishlab chiqildi.
“Yo‘l
xaritalari” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi gavjum joylarga
320 ta, ko‘p qavatli uylarning hovlisiga 360 gradus aylanuvchi 8 ta,
mahallalarning asosiy kirish - chiqish joylariga 86 ta, bozor va savdo
markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 11 ta, jami bo‘lib
425 ga yaqin kameralar, ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 128 dan
ortiq domofonlar, uylarning kirish yo‘laklariga 530 dan ortiq tashvish
tugmalari o‘rnatildi, 45 ta savdo muassasalari va qariyb
540 ta xonadonlar tezkor qo‘riqlovga olindi.
Mahallalarda
fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”,
“Obyekt qo‘riqlovda!” hamda “Xonadon qo‘riqlovda!” kabi jami
750 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda
48 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” hamda 128 ta “namunaviy
xavfsiz yo‘lak” tashkil etildi, ichki yo‘llar va ko‘chalar
540 ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.
Misol
uchun, yil boshidan beri tumanda o‘rnatilgan kameralar yordamida qidiruvda
bo‘lgan 3 nafar, jazodan bo‘yin tovlab
kelayotgan Probatsiya hisobidagi 2 nafar shaxslar hamda olib
qochilgan 1 ta transport vositalari ushlandi. Shuningdek, bedarak
yo‘qolgan 13 nafar shaxslar topilib, 42 ta jinoyatlar “issiq izi”dan
fosh etildi.
Amalga
oshirilgan chora - tadbirlar natijasida “qizil” toifada qolgan
8 ta mahallalarning 2 tasida yoki 25 foizida kriminogen
vaziyat saqlanmoqda.
Qarorga
asosan hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish
bo‘yicha kunlik so‘rov va o‘rganishlarni yo‘lga qo‘ydik.
Bunda,
kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarning jinoyat o‘choqlari joyida
o‘rganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan
46 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sabablari tahlil
qilinib, tegishli prokuror taʼsir choralari qo‘llanildi.

Aziz tumandoshlar!
Shu o‘rinda, kriminogen vaziyatga taʼsir ko‘rsatuvchi
jinoyatlarning ayrim turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 6 oyi yakuniga ko‘ra,
ayollar (4-7), voyaga yetmaganlar (2-6), guruhlar (4-8), ishsizlar (0-6)
jinoyatini kamaytirishga erishgan bo‘lsak-da, muqaddam sudlanganlar
(8-3), mast holda (2-2), yoshlar (20-16) jinoyati jinoyati esa biroz
oshgan.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzarliklarga
oilaviy-maishiy muammolar asosiy sabab bo‘lganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud
muammolarini bartaraf etish bo‘yicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni
jalb qildik.
Natijada, o‘tkazilgan o‘rganishlarda kriminogen vaziyati
og‘ir mahallalarda 589 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib,
ularning muammolarini hal qilish bo‘yicha 252 taga yaqin choralar
ko‘rildi.
Bulardan tashqari, 415 nafar ishsizlardan 125 nafari ishga
joylashtirildi, 225 nafari kasbga o‘qitildi, 65 nafari esa, kasbga
yo‘naltirildi.
Kelajak
taqdiri sifatida birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat
jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora bo‘lib, jinoyatlarning sabab va
omillarini ko‘zdan qochirsak oqibati yomon bo‘ladi.
Shu
kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida
qaralib, ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan
ota-ona hamda yashash va o‘qish joylaridagi (mahalla yettiligi)
mutasaddilarining javobgarligi kuchaytirildi.
Qolaversa,
hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona qarmog‘idan mahrum
bo‘lgan hamda boquvchisini yo‘qotgan bolalarning 160 nafarining muammosi hal
qilindi.
Maktabgacha
va maktab taʼlim muassasalarining kirish -chiqish joylariga xavfsizlikni
taʼminlovchi 54 ta zamonaviy kameralar o‘rnatildi.
Tahdidlardan
yana bittasi, bu yil voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilayotgan
jinoyatlardir.
Ular
tomonidan bitta bo‘lsa ham jinoyat sodir etilishi kelajagimiz uchun tahdid
sifatida qarashimiz, muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytadigan bo‘lsak,
favqulodda hodisa sifatida qarashimiz zarur.
Shuning
uchun biz bu borada keng qamrovli tadbirlarni belgilab oldik.
Hurmatli
fuqarolar!
Juda ko‘p
masalalarda ish uslublarimiz o‘zgarishi zarur, buning ustida ishlayapmiz.
Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning
sabablarini, huquqbuzarliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf
qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning
uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini
aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi
bor fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, “fuqarobay” ish tizimini joriy
qilamiz.
Huquqbuzarlik
va jinoyatga sabab bo‘layotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik
muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi
immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz
hamyurtlar!
Jinoyatlarga
qarshi kurashda prokuratura organlari, ko‘mak va hamkorlikda jinoyatlarning har
qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga kafolat beradi.
Shunday
ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni
bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qo‘l urganlarga nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.
To‘raqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i J.R.Xusaynov