14 Oktyabr 2020 yil 704

Traktorning tirkamasiga osilgan 9 yoshli bola shifoxonada vafot etdi.

2020 yil 13 oktyabr' kuni soat 22:30 larda, Yangier-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 3 km.da, Farg‘ona MFY Parvoz ko‘chasida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan MTZ-80 rusumli traktorini tirkama ulagan holda harakatlanib ketayotgan vaqtida, Uchqo‘rg‘on tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan, tumandagi maktabning 3-sinfida o‘qigan, 2011 yilda tug‘ilgan fuqaro traktor tirkamasining orqa tomonidan osilib, yerga yiqilib tushgan. Natijada, fuqaro bosh va jag‘ qismidan tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech