Tozalov ishlarini bajarish uchun kelgan ayol o‘g‘irlik sodir etdi.
Joriy yil 19 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi xususiy tadbirkor ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 10:00 dan soat 14:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Namangan shahrida joylashgan avtomobillarni yuvish shahobchasining dam olish xonasida bo‘lgan 1.000.000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tergovchisi, 1-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu joyga tozalov ishlarini bajarish uchun olib kelingan Chortoq tumanida yashovchi ayol sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo (1.000.000 so‘m pul) olingan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati