“Tozalash” tadbirida “Marixuana” topildi.
Shu yil 30 noyabr' kuni o‘tkazilgan “Tozalash” tadbiri davomida Uchqo‘rg‘on tumani IIB JQB tezkor vakili va HPB TP profilaktika inspektorlari tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadonida tintuv o‘tkazilganda, xonasidagi shkaf tagida bo‘lgan qurilish anjomlari orasida hamda tomorqasidagi behi daraxtida o‘tkir hidli, qo‘ng‘ir rangli moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 251,92 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvadlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 3 dekabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati