15 Yanvar 2022 yil 560

Tortishuv sabab jarohat yetkazildi

2022 yil 11 yanvar kuni soat 03:00 larda, Namangan shahrida yashovchi, 2002 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar ko‘chasida, Namangan shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan “Nega meni bratishka deyapsan”-deb, o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism bilan qorin sohasiga bir marotaba urgan.

Natijada, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 11 yanvar kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech