14 Iyul 2022 yil 668

To‘raqo‘rg‘on tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

To‘raqo‘rg‘on tumani “Qashqarguzar” MFYda joylashgan 48-sonli maxsus maktab internatida tumanning “Majnuntol” mahallasida sodir bo‘lgan og‘ir turdagi jinoyat muhokamasi o‘tkazildi. Muhokamada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov, viloyat prokurori, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, tuman sektor rahbarlari mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda asosiy eʼtibor oilaviy nizolarni oldini olish, bu borada mahallada yangi tashkil etilgan xotin qizlar faollari va hududiy ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarining muntazam hamkorligini taʼminlash zarurligi taʼkidlab o‘tildi.

Viloyat rahbarlari tomonidan tuman hududida 2022 yil 6 oyida sodir etilgan jinoyatlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan fikrlari hamda mazkur jinoyat sodir etilishiga sababchi bo‘lgan omillarni ko‘rsatib o‘tildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech