2 Avgust 2021 yil 1161

To‘raqo‘rg‘on tumanida sodir etilgan jinoyatning muhokamasi o‘tkazildi.

2021 yil 28 iyul' kuni soat 14:30 larda, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro, mahallasida yashovchi sinfdoshi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaroning uyida o‘tkazilgan to‘yda, sobiq turmush o‘rtog‘i, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan ayol bilan o‘rtalarida sodir bo‘lgan og‘zaki tortishuv sababli to‘y o‘tkazilgan xonadondan chiqib, ko‘chada oshxona pichog‘i bilan sobiq turmush o‘rtog‘ining ko‘krak qafasi chap tomon old yuzasiga ikki marotaba va bel sohasiga ikki marotaba urgan vaqtida, ushbu joyda bo‘lgan sinfdoshlari uni tortib olganligi sababli jinoyatini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmagan.Natijada ayol tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yil 28 iyul' kuni O‘z.R JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaroni O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Namangan viloyati IIB boshlig‘i rahbarligida uning o‘rinbosarlari, tuman hokimi, tuman prokurori, sektor rahbarlari, mas'ullar va hudud aholisi ishtirokida hodisaning muhokamasi o‘tkazildi. Unda boshqarma boshlig‘i so‘nggi paytlarda sodir bo‘layotgan jinoyatlarning aksariyati arzimas sabablar ortidan yuzaga kelayotgani haqida kuyunib gapirdi. Mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar orasida o‘zaro hurmat yo‘qolib borayotgani, atrofdagi odamlarning befarqligi, mas'ullarning mas'uliyatsizligi ham qattiq tanqid ostiga olindi.
Bu kabi jinoyatlar qayta sodir bo‘lmasligi uchun huquq-tartibot idoralari va fuqarolar doimiy hamkorlikda ishlashi zarurligi yig‘ilganlarga tushuntirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech