To‘qnashuvda Matiz haydovchisi vafot etdi
2021 yil 15 noyabr kuni soat 15:50 larda, Chust-karkidon yo‘lining 3 km.da, Chust shahar Bibiona MFY hududida, Chust tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Chust tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Natijada, Matiz rusumli avtomashina haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan hamda Damas rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati