8 Noyabr 2021 yil 363

To‘qnashuvda haydovchi vafot etdi.

Shu yilning 6 noyabr' kuni soat 12:00 larda, 4R117 To‘raqo‘rg‘on-Namangan-Chortoq-Keskanyor yo‘lining 42 km.da, Chortoq tumani A.Navoiy MFY hududida, Chortoq tumanida yashagan, 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-21011 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, burilish mumkin bo‘lmagan joydan yo‘lning chap tomoniga burilayotib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Chortoq tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Jentra rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, VAZ-21011 rusumli avtomashina xaydovchisi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan hamda shu avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Chortoq tumanida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan fuqaro chap bo‘yin sohasining lat yeyishi tashhisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 noyabr' kuni O‘z R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech