To‘qnashuv sabab yo‘lovchi jarohat oldi.
2022 yil 25 mart kuni soat 03:30 larda, A-373 Toshkent-O‘sh yo‘lining 244 k/m.da, Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida, Andijon viloyatida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobalt rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasiga ulangan “Krone” rusumli tirkamasining orqa tomoniga urilgan.
Natijada, Kobalt avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi yuqori jag‘ suyagining botib yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati