To‘qnashuv oqibatida haydovchi vafot etdi.
2021 yil 10 sentyabr' kuni soat 04:00 larda, Toshkent-O‘sh yo‘lining 250 km.da, Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida, Surxandaryo viloyatida yashagan, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro MChJga tegishli Isuzi rusumli yuk avtomashinasini Toshkent-Vodiy yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib, harakat havfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalishdan o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Isuzi rusumli yuk avtomashinasiga urilib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘rta qismidagi temir to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.
Natijada, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro Isuzi rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati