9 Aprel 2022 yil 535

To‘qnashuv natijasida ikki haydovchi jarohat oldi.

2022 yil 28 mart kuni soat 17:45 larda, Chust tumani Mustaqillik mahallasida 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro Spark rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, o‘ziga nisbatan ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanib chiqqan 1990 yilda tug‘ilgan ayol boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

Natijada, Spark rusumli avtomashina haydovchisi o‘ng qo‘l birinchi barmoq asosiy falanga asosidan sinishi hamda Damas rusumli avtomashina haydovchisi bo‘yin sohasi yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilganlar.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech