To‘qnashuv natijasida haydovchi vafot etdi.
Shu yil 15 sentyabr' kuni soat 11:20 larda, Baliqchi-Jomashuy-Pungon yo‘lining 64 kmda, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Natijada, Damas rusumli avtomashina haydovchisi ikkala son suyagini ochiq sinishi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu yil 22 sentyabr' kuni soat 06:00 larda vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 22 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 266-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati