13 Noyabr 2021 yil 616

To‘qnashuv haydovchining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Joriy yil 12 noyabr' kuni soat 10:00 larda, Jomashuy-Tegirmon-Navbahor yo‘lining 38 km.da, Pop tumani Navbahor MFY hududida, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Labo rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, Labo rusumli avtomashina haydovchisi olgan og‘ir tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan hamda Neksiya rusumli avtomashinada bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchilar tukrli jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech