3 Iyul 2021 yil 378

Tongda g‘oyib bo‘lgan “Lasetti”

2021 yil 1 iyul' kuni soat 05:30 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, mavsumiy ishchi, sudlanmagan, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 03:30 larda, ishonch qog‘ozi orqali boshqaruvida bo‘lgan Lasetti rusumli avtomashinani Davlatobod tumani hududida joylashgan savdo do‘koni oldida kalitini o‘zida hamda eshiklarini ochiq holatda qarovsiz qoldirib, savdo do‘koniga kirib ketib, soat 04:30 larda chiqqan vaqtida, avtomashinani noma'lum shaxs olib qochib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat hududida “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilib, olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi, 2019 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, avtomashinani boshqarib borayotgan vaqtida, Pop tumani Qamchiq dovonida joylashgan “Namangan” YPX maskanida viloyat IIB JQB tezkor vakillari, shu yerda xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB inspektorlari va Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan ushlangan. Avtomashina jarima maydoniga tortilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021yil 1 iyul' kuni O‘z.R JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech