Tomorqada parvarishlanayotgan "Marixuana"
2021 yil 24 iyul' kuni, Chust tuman IIB HPMB TP profilaktika inspektori va JQB tezkor vakillari tomonidan, Chust shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyida oq qog‘ozga o‘ralgan, o‘tkir hidli, quritilgan moddalar va tomorqasida bir tup nashasimon o‘simlikni ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib tekshirib ko‘rish uchun olingan.Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 763,79 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi va ushbu o‘simlik nasha o‘simligi ekanligi aniqlangan.Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 iyul' kuni O‘z.R JKning 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati