30 Iyun 2025 yil 99

Tomorqasida taqiqlangan ekinlarni parvarishlayotgan fuqaroga chora ko‘rildi

Joriy yilning 7-iyun kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbir davomida, Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan, Namangan tumani, “Bog‘ ko‘cha” mahallasida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan, fuqaro T.Aning “Tepaqo‘rg‘on” mahallasida joylashgan tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ekinlari orasida 4 tup “Kannabis” o‘simliklarini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech