18 Iyun 2025 yil
374
Tomorqasida taqiqlangan ekinlarni yetishtirayotgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 31-may kuni Uchqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan, Uchqo‘rg‘on tumani, “Qozoqovul” mahallasida yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan, fuqaro R.Ining yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi ekinlari orasida 150 tup “ko‘knori” o‘simliklarini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati