26 May 2025 yil 452

Tomorqasida taqiqlangan ekinlarni parvarishlayotgan shaxsga chora ko‘rildi

Joriy yilning 15-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Kosonsoy tumani IIB xodimlari tomonidan, Kosonsoy tumani, “Taxtako‘prik” mahallasida yashovchi, 1954-yilda tug‘ilgan, fuqaro Q.Yoga tegishli bo‘lgan dala maydoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, dala maydonidagi ekinlari orasida 12 tup ko‘knori o‘simliklarini parvarishlayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech