23 May 2025 yil 573

Tomorqasida nasha o‘simligini parvarish qilayotgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 3-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan, Chortoq tumani, “Baliqko‘l” mahallasida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan, fuqaro K.Aning yashash uyi hovlisida 2 tup nasha o‘simligini ekib parvarishlayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech