23 May 2025 yil
561
Tomorqasida “Ko‘knor” yetishtirgan fuqaroga qonuniy chora ko‘rildi
Joriy yilning 9-may kuni Pop tumani IIB va Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan, Pop tumani “Yakkatut” mahallasida yashovchi, 1959-yilda tug‘ilgan, fuqaro Sh.Zning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, hovlisining tomorqa qismida 32 tup “Ko‘knor” o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi, shuningdek, yashash xonadoni ichidagi shkafda sof og‘irligi 51,25 gramm bo‘lgan 133 dona ko‘knor somoni (makovaya saloma) saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati